
✅Joriy yilning 24-sentyabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobsevarlar klubi” ishtirokida Ahmad Muhammad Tursunning qalamiga mansub “Sohilsiz dengiz” asari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

📚Suhbat davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar, insonning ma’naviy kamoloti, ilm va ma’rifatning hayotimizdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
📚Ishtirokchilar asardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, o‘zaro mulohaza va savol-javoblar orqali asarning tarbiyaviy ahamiyatini muhokama qildilar.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilarga mutolaa jarayonida asardagi ibratli fikrlarga e’tibor qaratish, kitob mazmunini hayotiy qarashlar bilan bog‘lash tavsiya etildi.

🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.
