“Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
“Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

“Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

✅Joriy yilning 23-sentyabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi va tuman Politexnikumi bilan hamkorlikda 2-bosqich talabalari ishtirokida “Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

📚Davra suhbatida kitob mutolaasining yoshlar hayotidagi o‘rni, muntazam kitob o‘qish orqali dunyoqarashni kengaytirish, mustaqil fikrlash va ma’naviy salohiyatni yuksaltirish masalalari haqida fikr almashildi.

📚Shuningdek, talabalarga badiiy va ilmiy adabiyotlarning inson kamolotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilib, ularni kitobxonlikka yanada qiziqtirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Suhbat davomida talabalar o‘zlari mutolaa qilgan kitoblari haqida fikrlarini bildirib, qiziqarli savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *