
2026 yil 24 – avgust kuni Qorovulbozor tuman axborot – kutubxona markazida “Yoshlar kuni” munosabati bilan O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026 yil 5 – iyundagi 59 – son buyrug’ida ko’rsatilgan “Hududiy axborot – kutubxona markazida faoliyat olib borayotgan yoshlarni boshqaruv organlari rahbarlari bilan birgalikda yoshlar uchun “Bir kunlik rahbar” loyihasida ishtirok etishga imkoniyat yaratish” ijrosini ta’minlash maqsadida axborot – bibliografiya xizmati rahbari Axmedova Gulshod “Bir kunlik rahbar” etib tayinlandi.

Yoshlarni qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etish maqsadida, axborot – kutubxona markazi direktori Yuldasheva Sharofat, Qorovulbozor tuman davlat arxivi direktori Nasiba Ismoilova ishtirokida axborot – kutubxona markazida faoliyat yuritayotgan yoshlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Qorovulbozor tuman axborot-kutubxona markazi.
