YAGONA VATAN – YAGONA XALQ!
 YAGONA VATAN – YAGONA XALQ!

 YAGONA VATAN – YAGONA XALQ!

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” ezgu g‘oyasi asosida e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Qorovulbozor tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida shanbalik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida kutubxona hovlisi, gulzorlar va yashil hududlar obodonlashtirildi, daraxtlar parvarish qilindi, yo‘laklar hamda atrof-muhit tozalandi. Shuningdek, kutubxonaning xizmat xonalari, kitob fondi, o‘quv zallari va ish xonalari tartibga keltirilib, tozalik ishlari amalga oshirildi.


Hashar — xalqimizning birdamlik, mehr-oqibat va Vatanga muhabbat kabi ezgu qadriyatlarini namoyon etuvchi an’anadir. Bunday tadbirlar obod va fayzli muhit yaratishga xizmat qiladi.
 Qorovulbozor tuman Axborot-kutubxona markazi
#Mustaqillik35 #YagonaVatanYagonaXalq #MahalladaObodlik #Hashar #Qorovulbozor #AKM #Kutubxona #ObodMahalla

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *