“Jadidlar – xalqning buyuk ma’rifatparvarlari”
“Jadidlar – xalqning buyuk ma’rifatparvarlari”

“Jadidlar – xalqning buyuk ma’rifatparvarlari”

Joriy yilning 15-iyul sanasida Qorovulbozor tumani Axborot-kutubxona markazining “Boʻzachi” MFY filialida kitobxonlar ishtirokida “Jadidlar – xalqning buyuk ma’rifatparvarlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida ishtirokchilarga jadidchilik harakati, uning vujudga kelish sabablari hamda jadidlarning xalq ma’rifati, milliy uygʻonish, zamonaviy taʼlim tizimini rivojlantirish va mustaqil fikrlaydigan avlodni tarbiyalash yoʻlidagi ulkan xizmatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Kitobxonlar jadid bobolarimizning boy maʼnaviy merosi bilan yaqindan tanishib, ularning Vatan ravnaqi va xalq taraqqiyoti yoʻlidagi fidokorona faoliyati yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Qorovulbozor tumani Axborot-kutubxona markazi filiali Abonement va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish mutaxassisi: D. Toʻxtayeva

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *