“Mustaqillikning 35-yilligi — Yangi Oʻzbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning 18-iyun sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi va Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazining Qorovulbozor tumani boʻlinmasi bilan hamkorlikda kitobxon yoshlar ishtirokida “Mustaqillikning 35-yilligi — Yangi Oʻzbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

avra suhbati davomida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi mobaynida erishilgan yutuqlar, Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Yoshlar tomonidan Vatan ravnaqi, tinchlik va taraqqiyotning qadriga yetish, yurt istiqboliga daxldorlik hissini kuchaytirish masalalari yuzasidan mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Buyuklar haqida 100 dalil” hamda “Temurbek” nomli kitoblarning taqdimoti ham oʻtkazildi.

Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, qizgʻin munozara va savol-javoblar bilan yakunlandi.

Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *