⚡️⚡️ Tuman hokimi axborot-kutubxona markaziga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qildi.
⚡️⚡️ Tuman hokimi axborot-kutubxona markaziga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qildi.

⚡️⚡️ Tuman hokimi axborot-kutubxona markaziga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qildi.

Yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish hamda ularning takliflarini inobatga olgan holda tuman hokimi O‘tkir Hamroyev Axborot-kutubxona markaziga 800 dona turli xil mazmundagi badiiy adabiyotlar sovg‘a qildi.

Ushbu xayrli tashabbusdan yoshlar juda ham mamnun bo‘lishdi.

Tuman hokimi yoshlar bilan suhbat chog‘ida kitobning inson hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida to‘xtalib, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

O‘z navbatida yoshlar ham tuman hokimiga minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi, tuman prokurori hamda tuman soliq inspeksiyasi rahbari bilan birgalikda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Kutubxonada mehnat qilayotgan xodimlar bilan uchrashib, ularning taklif va muammolari o‘rganishdi.

Qorovulbozor tuman axborot kutubxona markazi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *