⚡️⚡️ “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
⚡️⚡️ “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

⚡️⚡️ “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman yoshlari bilan yuzma-yuz suhbat tashkil qilinib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Uchrashuvda Qorovulbozor tumani hokimi O‘tkir Hamroyev, tuman prokurori Jahongir Haydarov, tuman IIB boshlig‘i Alimardon Jumayev hamda tuman soliq inspeksiyasi rahbari Alisher Latipovlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida atroflicha fikr almashildi.

Tadbirda rahbarlar tomonidan yoshlarning murojaatlari va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Qorovulbozor tuman axborot-kutubxona markazi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *