
“Ma’naviyat soati” davomida “Muomala madaniyati – xodimning ma’naviy qiyofasi” mavzusida mazmunli suhbat o‘tkazildi. Unda muomala madaniyati — insonning ichki ma’naviy dunyosi bilan tashqi xulq-atvorini bog‘lovchi ko‘prikdir. Xodimning haqiqiy ma’naviy qiyofasi uning boshqalarga ko‘rsatgan hurmatida, kasbiga sadoqatida, halolligida va zimmasidagi vazifalarni vijdonan bajarishida namoyon bo‘ladi. Shunday fazilatlarga ega xodim o‘zining shaxsiy obro‘sini mustahkamlash bilan birga, jamoasi va tashkilotining nufuzini oshirishga ham munosib hissa qo‘shishi to’g’risida fikr yuritildi.

Shuningdek, muomala madaniyatini rivojlantirish uchun har bir xodim o‘z ustida muntazam ishlashi, nutqini takomillashtirishi, boshqalarni tinglashni o‘rganishi, kasbiy bilimlarini oshirishi va o‘z xatti-harakatlarini tanqidiy tahlil qilib borishi zarur. Rahbarlar esa jamoada o‘zaro hurmat, ishonch va adolat tamoyillariga asoslangan muhitni shakllantirishga mas’uliyat bilan yondashishlari kerakligi ta’kidlandi. Ma’naviyat soati xodimlarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari bilan yanada mazmunli o‘tdi.

Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.
