
🇺🇿 Joriy yilning 22-sentabr kuni Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Ommaviy madaniyatning milliy ma’naviyatimizga ta’siri”mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi.

📚Ma’rifat soati davomida bugungi
globallashuv jarayonida ommaviy madaniyatning inson dunyoqarashi, ayniqsa, yoshlarning fikrlashi va hayot tarziga ko‘rsatayotgan ta’siri haqida fikr yuritildi. Shuningdek, milliy o‘zlikni anglash, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarni asrab-avaylash va ma’naviy immunitetni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ommaviy madaniyatning ijobiy jihatlaridan unumli foydalanish bilan birga, milliy mentalitetimiz va ma’naviy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan qarashlardan ogoh bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.
Ma’rifat soati davomida xodimlar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zaro fikr almashdilar.
🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.
