
Joriy yilning 11-sentabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yoʻl-yoʻlakay birgalikda kitob oʻqiymiz” loyihasi asosida “Kitob bilan bir kun” mavzusida targʻibot ishlari olib borildi.


Targʻibot davomida fuqarolar bilan kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, kitobxonlarga qiziqarli badiiy asarlar tavsiya etilib, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni boyitish mumkinligi taʼkidlandi.
🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.
