
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlab “Vatanga ehtirom” ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov doirasida ishtirokchilar tomonidan Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va istiqlol g‘oyalarini tarannum etuvchi ijodiy ishlar namoyish etildi.
🎬 “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi xodimi Binafsha Naimova ham munosib ishtirok etib, II darajali diplom bilan taqdirlandi. 🥈🏆

👏 Ushbu yutuqni Binafsha Naimovaning ijodiy izlanishlari, tashabbuskorligi va Vatanga bo‘lgan ehtiromining munosib e’tirofi sifatida baholash mumkin.
🌷 G‘olibani samimiy muborakbod etamiz! Yangi ijodiy zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.
