
“Kitobsevar millat» shiori ostida VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasidaQorovulbozor tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikasiya texnologiya va raqamlashtirish xizmati yoshlar va kitobxonlar uchun “Kompyuter va kitoblar dunyosi” mavzusida qiziqarli va mazmunli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar zamonaviy axborot texnologiyalari hamda an’anaviy kitob mutolaasining o‘zaro uyg‘unligi, ularning yoshlar tafakkuri va bilim olishidagi ahamiyati haqida fikr almashdilar.

Interaktiv savol-javoblar, testlar va kichik tanlovlar orqali bilimlar yanada mustahkamlandi.Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari orqali kitoblarga bo‘lgan qiziqish yanada ortib borayotgani, elektron va audio kitoblarning imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

📖💡 Tadbir yoshlarni kitobxonlikka, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga undovchi muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi.Faol kitobxonlar estalik sovg`alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Qorovulbozor tuman axborot-kutubxona markazi
