📚 “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2026” XV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI DOIRASIDA
📚 “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2026” XV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI DOIRASIDA

📚 “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2026” XV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI DOIRASIDA

Joriy yilning 18-noyabr kuni Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida 17-sonli jazoni ijro etish koloniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 35 yilligi munosabati bilan “Bayroq – birlik ramzi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📚Davra suhbatida Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, undagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, milliy qadriyatlarimiz va Vatanga sadoqat tuyg‘usi haqida fikr almashildi.

Tadbir davomida Davlat bayrog‘iga hurmat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yoshlar va keng jamoatchilik orasida targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *