
Qorovulbozor tumani Axborot-kutubxona markazining “Boʻzachi” MFY da “21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi” munosabati bilan yosh kitobxonlar bilan davra suhbati bolib otdi.1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O‘zbekiston hali sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan bir davrda bu qarorning qabul qilinishi milliy mustaqillik va o‘zlikni anglash yo‘lidagi ulkan tarixiy voqea bo‘ldi.

Mamlakatimiz hududida yashovchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratish mustahkamlab qo‘yilgan. Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, tarixiy xotiramiz va ma’naviy boyligimizdir. Qorovulbozor tumani Axborot-kutubxona markazi filiali Abonement va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish mutaxassisi: D. Toʻxtayeva
