
Joriy yilning 19-oktyabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi xodimi B. Naimova tumanda joylashgan “Nuroniylar maskani”ga tashrif buyurib, koʻchma kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.📚 Tashrif davomida nuroniylar uchun moʻljallangan badiiy va maʼnaviy-maʼrifiy adabiyotlar taqdim etilib, kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda aholining kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.
