
📚Joriy yilning 6-oktabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobsevarlar” klubi bilan birgalikda “Abdulla Qodiriy — millat ma’naviyatining buyuk siymosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

📚Davra suhbatida atoqli adib Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek romanchiligi rivojiga qo‘shgan hissasi hamda “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” kabi asarlarining mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.📚 Shuningdek, adib asarlarining bugungi kundagi ahamiyati va yoshlar ma’naviyatidagi o‘rni haqida mulohazalar bildirildi.
Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.
