

Joriy yilning 20-avgust sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar bilan kelajak sari” nomli yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yoshlarning jamiyatdagi faolligi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish haqida fikr almashildi.


Shuningdek, Shukrulloning “Tirik ruhlar” asari taqdimoti o‘tkazilib, asarning mazmun-mohiyati va yoshlar ma’naviyatidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yoshlar faol ishtirok etdilar.
🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.
