
Joriy yilning 13-avgust kuni Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” munosabati bilan AKM yosh kutubxonachilari hamda tuman (shahar) AKM yoshlari o‘rtasida kutubxonachilik salohiyatini oshirish maqsadida “Library Quiz” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuv 3 ta shartdan iborat bo‘lib, unda 5 ta jamoa ishtirok etdi. Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi yoshlari ham bellashuvda faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Bellashuv qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, yosh kutubxonachilar o‘rtasida do‘stona muhit va o‘zaro tajriba almashish imkonini yaratdi.

🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.
