“Qatagʻon qurbonlari — istiqlol fidoyilari” mavzusida navbatdagi “Maʼrifat soati” tashkil etildi.
“Qatagʻon qurbonlari — istiqlol fidoyilari” mavzusida navbatdagi “Maʼrifat soati” tashkil etildi.

“Qatagʻon qurbonlari — istiqlol fidoyilari” mavzusida navbatdagi “Maʼrifat soati” tashkil etildi.

📝 Joriy yilning 11-avgust sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Qatagʻon qurbonlari — istiqlol fidoyilari” mavzusida navbatdagi “Maʼrifat soati” tashkil etildi.
📚 “Maʼrifat soati” davomida qatagʻon yillarida xalqimizning ozodligi, milliy qadriyatlari va istiqloli yoʻlida fidokorona kurash olib borgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Ularning Vatan ravnaqi, millat taraqqiyoti va maʼrifat yoʻlidagi xizmatlari alohida eʼtirof etildi.

📚 Shuningdek, tarixiy xotirani asrash, qatagʻon qurbonlarining porloq xotirasini yod etish, yosh avlodni milliy gʻurur, vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
📚 Tadbir davomida markaz xodimlari bilan mavzu yuzasidan fikr almashilib, tarixiy haqiqatni chuqur oʻrganish, ajdodlarimiz merosini qadrlash va uni kelajak avlodga yetkazishning muhim ahamiyati haqida soʻz yuritildi.

Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *