
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda uning doirasida “Innovatsion loyihalar” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur nufuzli tanlovda respublikaning turli hududlaridan 76 ta startap loyiha taqdim etildi. Saralash yakunlariga koʻra, eng istiqbolli deb topilgan 12 nafar loyiha egasi final bosqichiga yoʻllanma oldi. Quvonarlisi, ular safida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi xodimi Naimova Binafsha ham bor.

Naimova Binafsha tanlov davomida oʻzining innovatsion loyihasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shuningdek, forum ishtirokchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Library Quiz” intellektual bellashuvida faol qatnashib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Forum doirasidagi sport musobaqalari ham qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻldi. Xususan, shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada axborot- kutubxona mutaxassisi Bahronova Shohida yuksak mahorat va matonat namunasini koʻrsatib, faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Qorovulbozor tuman axborot-kutubxona markazi
