Bugun, Qorovulbozor tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik haftali”giga start berildi.

itobxonlik haftaligidan ko’zlangan maqsad Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasidan o’rin olgan “Kitobsevar millat” g’oyasini ro’yobga chiqarish, aholi ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitob va kitobxonlikka qiziqtirish, yoshlar ongiga milliy g’urur, iftixor tuyg’ularini singdirish, kitobsevarlar, kitobxon oilalar sonini oshirishdan iborat.

Ochilish marosimida tuman hokimligi mas’ullari, nuroniylar va faol kitobxon yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar, kitobning inson hayotida, qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, odamlarda mehr-oqibat tuygʼularini kamol toptirishdagi oʼrni so’z yuritishdi.

Tadbirning asosiy qismida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil qilindi.

adbirda “ Amir Temur saltanati” kitob taqdimoti, “Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati” mavzusida davra suhbati va uch avlod o’rtasida she’rxonlik, baxru bayt tashkil qilindi.
Tumanda haftalik doirasida tadbirlar davom etadi.