

📝 Joriy yilning 10-iyun sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi xodimi B. Naimova tomonidan “Kitobsevarlar klubi” bilan birgalikda Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” kitobi taqdimoti oʻtkazildi.

📚Tadbir davomida asarning gʻoyaviy mazmuni, badiiy ahamiyati hamda unda ilgari surilgan insonparvarlik, mehr-oqibat, sabr-toqat va vatanparvarlik kabi ezgu fazilatlar haqida tushunchalar berildi. Ishtirokchilarga asarning bugungi kundagi ahamiyati, yozuvchining badiiy mahorati va yoshlar tarbiyasidagi oʻrni haqida maʼlumotlar yetkazildi.


🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.
