
📚Joriy yilning 24- avgust sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan 17-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida “Moviy chamadon” loyihasi asosida ko‘chma kutubxona tashkil etildi.

📚Tashabbus doirasida kitob
mutolaasini keng targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘chma kutubxona orqali turli mavzulardagi badiiy, ma’rifiy va tarixiy adabiyotlar taqdim etildi.
Qorovulbozor tuman axborot-kutubxona markazi
