
Qorovulbozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” nomli kitobxonlik tanlovi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tanlovda tumandagi kitobxonlikka qiziqishi yuqori bo‘lgan faol oilalar ishtirok etib, o‘zlarining bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Bellashuv savol-javob tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilarning kitobxonlik saviyasi, dunyoqarashi, tezkor fikrlashi va bilimlari sinovdan o‘tkazildi.


Murosasiz va qiziqarli kechgan tanlov yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Botirovlar oilasi
🥈 2-o‘rin — Muzaffarovlar oilasi
🥉 3-o‘rin — Raximovlar oilasi
🎉 1-o‘rin sohibi bo‘lgan Botirovlar oilasi viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Qorovulbozor tuman axborot-kutubxona markazi
